O'qituvchilar uchun o'yin platformasi

Darsni o'yinga aylantiring

Savollarni yozing yoki dars rasmidan AI bilan yarating — butun sinf jamoalarga bo'linib doskada bellashadi.

  • Karta talab qilinmaydi
  • Hozir hammasi bepul
  • Telefon yoki Google orqali kirish
  • 6 xil o'yin
  • AI dars rasmidan savol tuzadi
  • Word fayldan import
  • O'zbek · Rus · Ingliz
  • Elektron doska, proyektor yoki televizor
  • O'quvchiga ro'yxatdan o'tish shart emas
  • Telegram guruhida o'yin
  • Natijalar Word hisobotda
Tanish holatmi?

Sinf zerikkanda dars ishlamaydi

Odatdagi dars

  • Savolga 2-3 faol o'quvchi javob beradi, qolganlar kutadi
  • Orqa partalar telefon bilan band
  • Test tayyorlashga kechqurun soatlab vaqt ketadi

Elboard bilan

  • Butun sinf jamoalarga bo'linib bellashadi
  • Har bir javob ball keltiradi — hisob doskada jonli
  • AI savollarni daqiqalarda tayyorlaydi
6 xil o'yin

Har bir dars uchun o'z o'yini

Takrorlash, yangi mavzu yoki nazorat — o'yinni tanlang, savollar hammasida bir xil kiritiladi.

Tezlik · Jamoaviy

Kim tez?

Jamoalar orasida tezlik va bilim bellashuvi: birinchi bo'lib bosish tugmalari, taymer va jonli ballar.

Shu o'yinni bepul sinash
AI yordamchi

Darslik rasmini yuklang — savollar tayyor

Sahifani telefonda suratga oling yoki Word faylni yuklang. AI mavzu bo'yicha savollar tuzadi, siz faqat ko'zdan kechirasiz.

  • Dars rasmidan yoki Word fayldan
  • Matematik formulalar darslikdagidek ko'rinadi
  • Har bir savolni tahrirlash mumkin
3 qadam

Birinchi o'yin — bugungi darsda

O'rnatish yo'q, qo'llanma o'qish shart emas.

  1. 1

    Ro'yxatdan o'ting

    Telefon raqam yoki Google orqali. Akkauntda namuna o'yin tayyor turadi.

  2. 2

    Savollarni qo'shing

    O'zingiz yozing, Word'dan import qiling yoki AI'ga topshiring.

  3. 3

    Doskada boshlang

    Bir bosishda to'liq ekran. Sinf bellashadi, ballar o'zi hisoblanadi.

O'quvchilar o'zi tarqatadi

Natija kartasi — sinfdan tashqariga chiqadigan g'urur

O'yin oxirida har bir ishtirokchi unvon va ballari yozilgan kartani oladi. Ular uni Telegram'da ulashadi, ota-onalar ko'radi, hamkasblaringiz so'raydi.

  1. Siz o'tkazasiz

    Sinfda yoki onlayn havola orqali

  2. O'quvchi kartani oladi

    Unvon, o'rin va ballar bilan

  3. Telegram'da ulashadi

    Ota-onalar guruhiga tayyor matn bilan

  4. Hamkasblar qo'shiladi

    O'yinni bir havola bilan nusxalab oladi

Telegram guruhida ham o'ynaladi

"Ayg'oqchilar"ni bot orqali sinf guruhida boshlang — o'quvchilar telefondan qo'shiladi.

Hamkasbingizga yuboring

Birgalikda o'yin almashing: siz yaratgan o'yinni hamkasbingiz bir bosishda o'ziga nusxalaydi.

Narx

Avval sinang, yoqsa davom eting

Obuna yo'q. Faqat o'tkazgan o'yiningiz uchun to'laysiz.

Boshlash uchun

Hozir barcha o'yinlar bepul

Bepul boshlash

Karta kerak emas · Star'lar Telegram yoki bank kartasi orqali

  • 6 xil o'yin turi
  • Onlayn topshiriqlar va Telegram o'yinlari
  • Natija kartalari va Word hisobot
  • O'yinlarni hamkasblar bilan ulashish
  • O'zbek, rus va ingliz tillari
Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Elektron doska bo'lishi shartmi?

Yo'q. Brauzer ochiladigan har qanday katta ekran yetarli: elektron doska, proyektor yoki televizor.

O'quvchilarga telefon kerakmi?

Sinf o'yinlari doskada o'ynaladi — telefon shart emas. Onlayn topshiriqlarda o'quvchi havolani ochib qo'shiladi, ro'yxatdan o'tmaydi.

Savollarni yozishga vaqtim yo'q

Darslik sahifasini suratga oling yoki Word faylni yuklang — AI savollarni tuzib beradi. Siz faqat tekshirasiz.

Qaysi fanlarga mos keladi?

Har qanday fanga: savollarni o'zingiz belgilaysiz. Matematik formulalar ham darslikdagidek ko'rinadi.

O'yinni hamkasbimga bera olamanmi?

Ha. O'yinni havola orqali ulashing — hamkasbingiz uni o'z akkauntiga nusxalab, o'z sinfida o'tkazadi.

Ertangi dars boshqacha o'tsin

Ro'yxatdan o'ting, namuna o'yinni oching va sinfingizda sinab ko'ring.

Bepul boshlash